YOMG‘IR CHUVALCHANGLARINING O’SIMLIK HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
Keywords:
Yomg‘ir chuvalchangi, biogumus, vermikompost, tuproq unumdorligi, agrobiotsenoz, pomidor, arpa, hosildorlik, organik o‘g‘it, biomassa.Abstract
Mazkur maqolada yomg‘ir chuvalchanglarining tuproq unumdorligi hamda o‘simliklarning o‘sishi va hosildorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida pomidor va arpa o‘simliklari misolida chuvalchanglarning tuproqning agrobiologik xususiyatlarini yaxshilashi, o‘simliklarning vegetativ rivojlanishini jadallashtirishi hamda hosildorlikni oshirishi aniqlangan. Tajribalar turli
variantlarda olib borilib, o‘simlik bo‘yi, hosil miqdori, biomassa va meva vazni kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Natijalar chuvalchanglar sonining ortishi bilan hosildorlik ko‘rsatkichlari ham oshib borishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari
biogumus va vermikompostning ekologik xavfsiz organik o‘g‘it sifatidagi ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslab beradi.
References
Raxmatullayev A. Y. “O‘zbekiston yomg‘ir chuvalchanglari faunasi”.
monografiya Qarshi, “Nasaf NMIU”-2022. 68 bet.
Raxmatullayev A. Y, Isomiddinov A. “Organik chiqindilarni
vermikultivatsiya uslubida qayta ishlash va tuproq unumdorligini oshirishda
qo’llash. Mutaxasislik 5140100 – biologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr
darajasini olish uchun. Qarshi 2019 –yil. 21-22 betlar.
Ergasheva X.I. “Organik chiqindilarni yomg‘ir chuvalchanglari asosida
biodegradatsiyalanish texnologiyasi”. Mutaxassislik: 5A140104-Biotexnologiya
Biologiya fanlari magistrlik akademik darajasini olish uchun dissertatsiyasi.
Samarqand-2016 yil. 71 bet.
To‘rayev A.S. O‘g‘itlar qo‘llash tizimi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent:
Adib, 2014. – B. 156.







