OTA-ONA NAZORATI VA O‘SMIRLARNING INTERNETDAN FOYDALANISH MADANIYATI

Authors

  • Fayziyeva Nodira Sobirovna uzbek

Abstract

Ushbu maqolada ota-ona nazoratining o‘smirlarning internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishdagi psixologik va pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. O‘smirlik davrida internetdan foydalanishning ta’limiy, kommunikativ va ko‘ngilochar imkoniyatlari bilan bir qatorda, undan noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq xavflar ham mavjud. Maqolada ota-onaning internetdan foydalanish bo‘yicha oilaviy qoidalarni belgilashi, farzand bilan ochiq muloqot qilishi, internet faoliyatiga oqilona monitoring olib borishi va shaxsiy namuna ko‘rsatishi masalalari yoritiladi. Shuningdek, haddan tashqari taqiqlovchi nazorat bilan ishonchga asoslangan faol vositachilik o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinadi. Internetdan foydalanish madaniyati faqat texnik ko‘nikma emas, balki axborotni tanlash, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, muloqot etikasi, vaqtni boshqarish va raqamli mas’uliyatni o‘z ichiga oluvchi kompleks kompetensiya sifatida qaraladi.

References

Kushakova, N. I. Yosh oilalarda internetga tobelik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari: psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent, 2023.

Madraximova, Sh. A. Talabalarda namoyon bo‘ladigan virtual qaramlikning nazariy asoslari // Sustainability of Education, Socio-Economic Science Theory. – 2022. – B. 334–337.

Xakimova, N. B. Internetga qaramlik muammosini o‘rganish // Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar. – Toshkent, 2023. – T. 4. – B. 859–864.

Do‘sanov, E. A. O‘smirlarni virtual olam ta’sirlaridan asrash, ularda internetga tobelik va uni bartaraf etishda xorij va o‘zbek olimlarining qarashlari // Educational Research in Universal Sciences. – 2023.

Nasriddinova, G. B. Internet tarmoqlarining o‘smirlar tarbiyasiga ta’siri // Universal xalqaro ilmiy jurnal. – 2024. – B. 103–105.

Downloads

Published

2026-10-09